Ezgu maqsad yo‘lida

0
1113

Oʻzgalarning qalbida bir lahza boʻlsa ham quvonch uygʻotish savob ish. Angren shahrida “Xalq va armiya – bir tanu, bir jon” shiori ostida oʻtkazilgan tadbirni harbiy xizmatchilar tomonidan amalga oshirilgan navbatdagi ezgu ish desak xato boʻlmaydi. Chunki shahar koʻchalari bir necha soat davomida bayramona koʻrinish olib, aholi gavjum hududlarda “Vatanparvarlik karvoni” faoliyat koʻrsatdi.

“Vatanparvarlik karvoni” Angren garnizonida joylashgan harbiy qismda Chirchiq shahar maʼnaviyat va maʼrifat markazi harbiy orkestr jamoasining chiqishlari bilan boshlandi. Bayramona kayfiyat tez orada butun shahar boʻylab quloch yoydi. Zamonaviy hamda harbiy-vatanparvarlik ruhidagi kuy va qoʻshiqlar ijrosida yosh-u qari ishtirokida oʻyin-kulgi maydonlari tashkil etildi.

Tadbir yakunida Angren shahar yoshlari, jamoatchilik vakillari, kuch tuzilmalari vakillari hamda shahar hokimiyati hamkorligida davra suhbati tashkillashtirildi. Harbiy qism madaniyat saroyida boʻlib oʻtgan davra suhbatida Angren shahar hokimi oʻrinbosari, harbiy prokuratura, shahar IIB, mudofaa ishlar bo‘limi, FVB vakillari yigʻilganlarni qiziqtirgan savollarga javob berishdi.

“Vatanparvarlik karvoni” tantanalari harbiy qism tashkil etilganligining 25 yilligi bayrami tantanalariga hamohang tarzda ulanib ketdi.