Jizzaxdagi oromgohlarda vatanparvarlik festivallari oʻtkazildi

0
1091

Ayni kunlarda yurtimiz boʻylab barcha bolalar sogʻlomlashtirish oromgohlarida joriy yildagi uchinchi mavsum oʻz ishini boshlagan. U yerda bolajonlar uchun bir necha kun davomida maʻnaviy-maʻrifiy tadbirlar, sport toʻgaraklari, til mashgʻulotlari o‘tkazilmoqda. Shuningdek, harbiy xizmatchilar bilan hamkorlikda vatanparvarlik festivallarini ham oʻtkazish yo‘lga qo‘yilgan.

Ana shunday festivallarning navbatdagisi Jizzax garnizonidagi harbiy xizmatchilar tomonidan “Sharof Rashidov” bolalar sogʻlomlashtirish oromgohida “Yoshlar milliy armiyamiz nigohida” shiori ostida oʻtkazildi.

Bayramona ruhda boshlangan tadbirga faxriy qorovulning koʻrgazmali hamda qoʻl jangi ustalarining sahna chiqishlari oʻzgacha shukuh bagʻishladi.

Festival doirasida tashkil etilgan turli oʻyinlar yozgi taʼtilni shunday koʻtarinki ruhda o‘tkazayotgan oʻgʻil-qizlarga yoz oxiriga qadar shunday kayfiyat hamroh bo‘lsa ajab emas.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati