Yongʻin xavfsizligi tadbirlarida barcha faol boʻlishga chaqirildi

0
1255

Mudofaa vazirligi qoʻshinlarida yongʻin xavfsizligini taʼminlash boʻyicha profilaktik tadbirlar oʻtkazib kelinmoqda.

Xususan, Toshkent shahridagi Mudofaa vazirligiga qarashli harbiy qismda “Dolzarb 30 kun” tadbiri doirasida yongʻin xavfsizligi xizmati mutaxassislari tomonidan amaliy va nazariy yongʻin profilaktika mashgʻulotlar tashkil etildi.

Tadbirda soʻz olganlar mamlakatimizda yongʻin xavfsizligi tadbirlarini yuqori saviyada oʻtkazish, maishiy elektr moslamalaridan toʻgʻri foydalanish, ularni nazoratsiz qoldirmaslik, biriktirilgan hududlarda quruq oʻt va xashaklardan muntazam ravishda tozalash ishlarini olib borilishi, harbiy xizmatchilarning masʼuliyatini oshirish hamda sohaga oid hujjatlar haqida alohida toʻxtalib, Mudofaa vazirligi qoʻshinlarida bu borada amalga oshirilayotgan tadbirlar haqida maʼlumot berdi.

Tadbir yakunida “Dolzarb 30 kun”da barcha faol qatnashishga chaqirildi hamda yongʻin xavfsizligi boʻyicha birlamchi yongʻinni oʻchirish vositalarining taktik-texnik imkoniyatlari qatnashchilarga namoyish etildi.