Nukus garnizonida yuqumli kasalliklar tarqalishining oldini olish boʻyicha oʻquv oʻtkazildi

0
1178

Shimoli-gʻarbiy harbiy okrugga qarashli Nukus garnizonidagi harbiy qismlardan birida hamda Nukus harbiy gospitalida “Karantin va oʻta xavfli yuqumli infeksiyalar aniqlanganda qatʼiy epidemiyaga qarshi tartibga oʻtkazish” mavzusidagi taktik maxsus oʻquvi oʻtkazildi.

Nukus garnizonidagi harbiy qism va muassasalarda karantin va oʻta xavfli yuqumli kasalliklarining kirib kelishini oldini olishga qaratilgan tadbirlarni tashkil etishga tayyorgarlik darajasini tekshirish, profilaktik va epidemiyaga qarshi tadbirlarni oʻz vaqtida va sifatli oʻtkazilishini nazoratga olish hamda pandemiya va epidemiya eʼlon qilingan hollarda harbiy boʻlinmalarda karantin choralarini koʻrishga bagʻishlab oʻtkazilgan oʻquv bir nechta obyektlarda tashkil etildi.

Oʻquvdan oldin Nukus harbiy gospitalida oʻtkazilgan yigʻilishda Shimoli-gʻarbiy harbiy okrug qoʻshinlari qoʻmondoni, Mudofaa vazirligi tibbiy taʼminot boshqarmasi boshligʻi hamda harbiy tibbiyot soha xodimlari ishtirok etdi. Kun tartibidan oʻrin olgan mavzu, yaʼni oʻta yuqumli va xavfli kasalliklarning oldini olishga hamda harbiy xizmatchilarni ulardan himoyalash chora-tadbirlari borasida maʼruzalar tinglandi.

Ushbu taktik maxsus oʻquvdan koʻzlangan asosiy maqsad shaxsiy tarkibning harbiy qismda karantin va oʻta xavfli yuqumli kasallik aniqlanganda yoki shubha qilinganda oʻtkaziladigan epidemiyaga qarshi va profilaktik chora-tadbirlar boʻyicha bilim va koʻnikmalarini oshirish, harbiy boʻlinmalarda qatʼiy epidemiyaga qarshi ish tartibiga oʻtkazish boʻyicha elementlarni amaliy jihatdan barjarish orqali tibbiy taʼminot bosqichlarida mutaxassislarning oʻzaro hamkorlikdagi harakatlarini tizimlashtirib olishdan iborat boʻldi.

Oʻtkazilgan oʻquv yakuni boʻyicha javobgar shaxslar va mutaxassislarning harakatlari tahlil qilinib, zarur xulosa va takliflar berib oʻtildi.

Shimoli-gʻarbiy harbiy okrug matbuot xizmati