Sportni sev, sport bilan yasha!

0
601

Jismonan baquvvat, sinovlarda toblangan er kishi xohlaysizmi-xohlamaysizmi o’z sha’ni uchun kurashishdan qaytmaydi, ushbu instinkt yelkasi yer ko’rmagan polvon ajdodlarimizdan avlodlarga irsiy belgilar orqali o’tib keladi.

“Ma’naviy yuksalish va vatanparvarlik kuni” rejasiga asosan qo’shaloq bayram munosabati bilan O’zbekiston Respublikasi Oliy harbiy aviatsiya bilim yurtida navqiron kursantlar o’zlarini sportning futbol, voleybol, badminton, kurash va tosh ko’tarish, arqon tortish turlari bo’yicha bellashuvda sinashdi. Kursantlarning jismoniy qobiliyatlari, tezkorlik sifatlari sinovdan o’tkazildi. Bo’linmalar o’rtasida musobaqa tarzida o’tkazilgan o’yinlarda har bir bo’linma sovrindorlar safidan o’rin egallash uchun kurashishdi.

Bilim yurti boshlig’ining sovrini uchun Qurolli Kuchlarimiz tashkil etilganligining 30 yilligi munosabati bilan o’tkazilgan madaniy-sport tadbirining yakuniy g’oliblari Vatan himoyachilari bayrami arafasida munosib rag’batlantirilishi aytib o’tildi.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti