“Jasorat maktabi”ning uchinchi mavsumi yakunlandi

0
974

Sharqiy harbiy okrug Namangan viloyati mudofaa ishlar boshqarmasi huzuridagi chaqiriluvchilarni harbiy texnik mutaxassisliklar bo‘yicha tayyorlash markazida tashkil etilgan “Jasorat maktabi” yoshlar harbiy-vatanparvarlik o‘quv yig‘inining uchinchi mavsumi yakunlandi.

Tadbirda Sharqiy harbiy okrug qo‘mondonligi, viloyat Yoshlar ishlari boshqarmasi, Harbiy prokuratura vakillari, viloyat mudofaa ishlari boshqarmasi rahbariyati, “Vatanparvar” tashkiloti hamda o‘quv yig‘ini tinglovchilarining ota-onalari ishtirok etishdi.

Yuqori saviyada o‘tkazilgan yig‘in davomida ishtirokchilar bilan turli uchrashuvlar, seminar-treninglar, sport musobaqalari hamda turli tadbirlarning o‘tkazilishi ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga xizmat qildi. Yoshlar kelajak hayotlarini o‘zgartirishi mumkin bo‘lgan kasb-hunarlarni egallash bilan bir qatorda, harbiycha kun tartibi va mashg‘ulotlarda toblandi.

“Jasorat maktabi” yig‘ini davomida ishtirokchilar muddatli harbiy xizmatga borish istagini bildirgan bo‘lsa, tadbirkorlik va hunarmadchilik sohalarida ham o‘z ishlarini boshlashga qaror qildi.

Yopilish marosimi so‘nggida Namangan viloyatining barcha shahar va tumanlaridan yig‘ilgan yig‘in ishtirokchilari harbiy o‘quv yig‘inini muvaffaqiyatli tugatganliklari bo‘yicha maxsus sertifikatlar va kitoblar to‘plamini qabul qilib olishdi.

Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati