Qiziltepada vatanparvarlik tadbirlari bo‘lib o‘tdi

0
905

Oʻsib kelayotgan yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ular qalbida yurtga sadoqat, Vatanga muhabbat tuygʻularini yanada oshirish hamda yozgi taʼtil kunlarida vaqtlarini samarali tashkil etish maqsadida Markaziy harbiy okrug garnizonlarida harbiy xizmatchilar tomonidan harbiy-vatanparvarlik festivallari va turli xil koʻngilochar tadbirlar oʻtkazildi.

Xususan, Navoiy garnizonidagi harbiy qism harbiy xizmatchilarining navbatdagi manzili Qiziltepa tumanida joylashgan “Toshrabot” qoʻrgʻoni boʻldi.

Tadbirda harbiy orkestr jamoasi tomonidan ijro etilgan Vatanni madh etuvchi kuy-qoʻshiqlar hamda faxriy qorovulning koʻrgazmali saf chiqishlari bolajonlarga yuqori kayfiyat baxsh etdi.

Bir soʻz bilan aytganda, bugungi tadbir bolajonlarda harbiy akalariga nisbatan faxr, gʻurur hissini yanada oshirib, kelajakda harbiylik kasbini egallashlariga turtki boʻldi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati