Kakaydi qo‘rg‘onidagi harbiy qismda ochiq eshiklar kuni va sport musobaqalari o‘tkazildi

0
712

Harbiy qismlarda ertamiz davomchilari bo‘lgan yosh avlodning harbiy-vatanparvarlik tarbiyasini shakllantirishga hissa qo‘shish maqsadida “ochiq eshiklar kuni” tadbirlarini keng miqyosda o‘tkazish ana’na tusiga kirib ulgurdi.

Mana shunday tadbirlardan biri Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug tasarrufidagi Kakaydi qo‘rg‘onida bo‘lib o‘tdi.

Unda Jarqo‘rg‘on tumanida joylashgan umumiy o‘rta ta’lim maktablaridan 300 nafardan ziyod o‘quvchi yoshlar ishtirok etdilar.

O‘quvchi yoshlarga harbiy qismda harbiy xizmatchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, zamonaviy qurol-yarog‘lar, muhandislik anjomlari, ajdodlarimiz Zahiriddin Muhammad Bobur, Amir Temur va Jaloliddin Manguberdi o‘quv sinflari, kompyuter xonalari hamda o‘quv trenajyorlar tanishtirildi.

Tadbir davomida harbiy xizmatchilar va o‘quvchi yoshlar sport maydonchasiga taklif qilinib, ular bilan birgalikda harbiylashtirilgan estafeta sport o‘yinlari o‘tkazildi.

Shundan so‘ng g‘olib bo‘lgan guruhlar harbiy qism komandirining diplom hamda sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

III darajali serjant Akbar AHMEDOV,
Termiz garnizoni