O‘zbekiston mudofaa vaziri Belarus Respublikasiga tashrif buyurdi

0
2709

O‘zbekiston Respublikasi mudofaa vaziri general-leytenant Bahodir Qurbonov boshchiligidagi delegatsiya Belarus Respublikasiga tashrif buyurdi.

Tashrif dasturiga ko‘ra, O‘zbekiston harbiy delegatsiyasi rahbari Belarus mudofaa vaziri general-leytenant Viktor Xrenin bilan muzokaralar o‘tkazdi. Tomonlar harbiy hamkorlikning bugungi holatini muhokama qildilar va uni o‘zaro manfaatli yo‘nalishlarda ikki tomonlama aloqalarni faollashtirish yo‘llarini belgilab oldilar.

Uchrashuvdan so‘ng, O‘zbekiston va Belarus mudofaa vazirlari Minskdagi G‘alaba monumenti poyiga gulchambar qo‘ydilar.

Qayd etish joiz, O‘zbekiston Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari Belarus Respublikasi Mustaqilligi kuni munosabati bilan tashkil etilayotgan harbiy paradda qatnashadi.

Tantanali tadbirda Xitoy Xalq Respublikasi, Rossiya Federatsiyasi, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekiston Qurolli Kuchlarining harbiy xizmatchilari ishtirok etadi.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti