Chegara oldi hududlarda yoshlar bilan uchrashuv oʻtkazildi

0
981

Andijon viloyati Xonobod shahrining chegara oldi hududlarida Sharqiy harbiy okrug qoʻshinlari qoʻmondoni 1-sektorga biriktirilgan yoshlar bilan uchrashuv oʻtkazdi.

“Qoʻmondon va yoshlar uchrashuvi”da Xonobod shahri yoshlari, shahar hokimining oʻrinbosari, yoshlarning ota-onalari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Sharqiy harbiy okrug qoʻshinlari qoʻmondoni milliy armiyamizda olib borilayotgan islohotlar, oliy harbiy bilim yurtlari hamda harbiy soha boʻyicha yoshlarga koʻplab maʼlumotlar berib oʻtdi. Shuningdek, yurtboshimizning yoshlarga qaratayotgan eʼtiborini alohida eʼtirof etdi.

Tadbir davomida yigitlar bilan bir qatorda qizlar ham bugungi kunda Qurolli Kuchlarimizda yoshlarga beriladigan imkoniyatlar va imtiyozlar, oliy harbiy bilim yurtlariga kirish tartibi, qoʻmondonning hayot yoʻli, harbiylik kasbining mashaqqatlari va imtiyozlariga qiziqish bildirib, koʻplab qiziqarli savollar bilan murojaat qilishdi. Albatta, ushbu savollarga batafsil javoblar ham berildi.

Shundan soʻng, shahar hokimining oʻrinbosari va masʼullar soʻzga chiqib, yoshlarga qaratilayotgan bunday eʼtibor haqida alohida taʼkidladi.

Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati