“Armiya biatloni” musobaqasi gʻoliblari aniqlandi

0
2641

Chirchiq oliy tank qo֥ʼmondonlik-muhandislik bilim yurti dog biatlon maydonida Mudofaa vazirligi qoʻshinlari oʻrtasida “Mudofaa vaziri kubogi uchun” Armiya biatloni musobaqasining yakuniy bosqichi boʻlib oʻtdi.

Unda 9 ta jamoa gʻoliblik uchun to‘rtta shart boʻyicha oʻzaro kuch sinashdi. Jamoalar 3200 metrga yugurish mobaynida yotgan va tik turgan holda 25 metr masofada jami 15 ta oʻq otish shartida merganlik mahoratini namoyish etgan boʻlsa, 40 metrdan granata va 7 metrdan pichoq otish shartida ishtirokchilar tezkorlik bilan bexato nishonga olish koʻnikmalarini sinovdan oʻtkazdi.

Albatta, musobaqa boʻlgan joyda jarima ham boʻladi. Har bir xato nishon uchun jarima — 100 metrga yugurish. Bu esa ishtirokchilarni yanada ehtiyotkor va tezkor boʻlishga chorlab, bellashuvning qizgʻin bahs-munozaralarga boy tarzda oʻtishiga sabab boʻldi.

Yakuniy natijalarga koʻra, jamoaviy bahslarda 3-oʻrin TOQQQ hamda CHOTQMBYga nasib etgan boʻlsa, 2-oʻrinni Toshkent harbiy okrugi jamoasi egalladi. Faxrli 1-o‘rinni esa Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug jamoasi qo‘lga kiritdi.

Bundan tashqari, yakka tartibda yuqori koʻrsatkich qayd etgan harbiy xizmatchilar ham aniqlanib, eʼtirof etildi. Gʻoliblar diplom, kubok va esdalik sovgʻalari bilan tantanali ravishda taqdirlandi.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti