Samarqandda psixologik ishlarni tashkillashtish bo‘yicha seminar o‘tkazildi

0
1387

Markaziy harbiy okrug qo‘shinlarida bugungi zamonaviy jang sharoitidan kelib chiqib, guruh shaxsiy tarkibining o‘zaro hamjihatligini mustahkamlashga qaratilgan psixologik treninglar qo‘llanmasi ishlab chiqilgan Uni amaliyotga tadbiq etish maqsadida okrug qo‘shinlaridagi guruh komandirlari va ularning o‘rnibosarlari tomonidan guruh shaxsiy tarkibi bilan psixologik ishlarni tashkillashtirish tartibi bo‘yicha o‘quv-uslubiy seminar o‘tkazildi.

Seminarda guruh komandirlari hamda ularning o‘rinbosarlariga o‘z bo‘ysunuvchi shaxsiy tarkibni axloqiy-ruhiy holatini o‘rganish, ular bilan psixologik ishlarni to‘g‘ri amaliyotga tadbiq etishga qaratilgan ish algoritmi va oylik rejalari kiritilgan qo‘lanmaning ahamiyati, unda belgilangan vazifalar tushuntirildi.

Shuningdek, harbiy xizmatchilar orasida sog‘lom psixologik muhitni shakllantirish, jamoalarni jipslashtirish va harbiy intizomni mustahkamlashda borasida ma’lumotlar berildi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati