Vatanparvarlik ruhiga yo‘g‘rilgan festivallar

0
629

Markaziy harbiy okrugning garnizonlaridagi harbiy xizmatchilari tomonidan Navoiy viloyatidagi “Ishonch”, Samarqand viloyatidagi “Alpomish” hamda Jizzax viloyatidagi “Sharof Rashidov” va “Enerjy” bolalar sogʻlomlashtirish oromgohlarida “Yangi Oʻzbekiston yoshlari, birlashaylik!” shiori ostida vatanparvarlik festivallari oʻtkazildi.

Bayramona ruhda boshlangan tadbirlarga dastlab garnizonlardagi harbiy orkestr jamoasi oʻzining badiiy chiqishlari bilan oʻzgacha shukuh bagʻishlagan boʻlsa, sanʼatsevar yoshlar ijrosidagi kuy-qoʻshiqlar raqslarga ulandi.

Faxriy qorovulning saf chiqishlari, qoʻl jangi ustalarining namoyishi, qurol-aslahalar koʻrgazmasi hamda bolajonlar oʻrtasida tashkil etilgan turli koʻrik-tanlovlar oʻgʻil-qizlarning yozgi taʼtilni maroqli o‘tkazishlariga xizmat qilmoqda.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati