Oromgohda yoshlar uchun vatanparvarlik festivali o‘tkazildi

0
826

Mudofaa vazirligi qoʻshinlarida “Yoshlar oyligi” munosabati bilan yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularda yurt kelajagiga dahldorlik hissini oshirishga qaratilgan tadbirlar jadal sur’atlarda davom etmoqda.

Shu kabi ezgu maqsadlar yo‘lida Farg‘ona garnizonidagi harbiy qism harbiy xizmatchilari tomonidan Oltiariq tumanidagi bolalar oromgohida vatanparvarlik festivali tashkil etildi. Tadbir doirasida bolajonlar uchun harbiy orkestr jamoasining musiqiy hamda faxriy qorovul chiqishlari namoyish etildi. O‘z navbatdagi oromgohda hordiq chiqarayotgan bolalarning ham chiqishlari tadbirga ko‘tarinkilik ulashdi.

Qurol-aslahalar ko‘rgazmasi yoshlarda katta qiziqish uyg‘otdi. Ular harbiy akalaridan ko‘plab o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi. “Uch avlod uchrashuvi” faxriylar, harbiy xizmatchilar hamda yoshlar ishtirokida samimiy suhbatlarga boy tarzda o‘tdi.

Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati