Termiz shahridagi Prezident maktabida Davlat madhiyasi qabul qilingan kun nishonlandi

0
758

Termiz shahridagi Prezident maktabida Oʼzbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilinganligining 29 yilligi munosabati bilan Janubiy operatsion qoʼmondonligi, Milliy gvardiyaning Surxondaryo viloyati boshqarmasi, faxriylar hamkorligida tadbir tashkil etildi.

Tadbir boshida Oʼzbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi ijro etildi.

Tadbirni Termiz shahridagi Prezident maktabi ijrochi direktori Gʼ. Togʼaev ochib berdi.
Shundan soʼng harbiy xizmatchilarning koʼrgazmali chiqishlari namoyish etildi.

Prezident maktabining xorijlik ingliz tili fani oʼqituvchisi Mr. Samuel Nyabere Oʼzbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilinganligining 29 yilligi munosabati bilan tadbir ishtirokchilarini tabrikladi.

Tadbir soʼngida oʼquvchilar harbiylar bilan esdalik uchun suratga tushishdi.

III darajali serjant Аkbar АHMEDOV,
Termiz garnizoni