Harbiy aviatsiya institutida xalqaro ilmiy-nazariy konferensiya o‘tkazildi

0
1800

O‘zbekiston Respublikasi Harbiy aviatsiya institutida “O‘zbekiston Respublikasida harbiy aviatsiyaning rivojlanish tarixi va istiqbollari” mavzusida xalqaro ilmiy-nazariy konferensiya bo‘lib o‘tdi.

Konferensiyada davlat ilmiy-tadqiqot va ta’lim muassasalarining yetakchi vakillari va tajribali mutaxassislari, xorijiy mutaxassislar, huquqni muhofaza qiluvchi idoralari xodimlari, bir qator davlatlarning oliy harbiy taʼlim muassasalari va ilmiy-tadqiqot markazlari ekspertlari, O‘zbekiston Respublikasida akkreditatsiyadan o‘tgan harbiy attashelar hamda ularning o‘rinbosarlari, mamlakatimizning yetakchi olimlari bevosita hamda videoaloqa orqali ishtirok etdi.

Tadbirda so‘zga chiqqanlar tomonidan Markaziy Osiyoda yagona bo‘lgan, Qurolli Kuchlarimiz uchun yuqori malakali aviatsiya mutaxassislarini tayyorlash vazifasini amalga oshirib kelayotgan oliy harbiy ta’lim muassasasining bugungi faoliyati alohida eʼtirof etildi.

Konferensiyada mavzu bo‘yicha ko‘plab ma’ruzalari tinglandi, savol-javob va erkin fikrlar almashildi, soha mutaxassislari o‘rtasida o‘zaro ilmiy munozara platformasi yaratildi.

Xalqaro ilmiy-nazariy konferensiya yakunida muhokama qilingan dolzarb masalalar yuzasidan ishtirokchi mutaxassislar va nufuzli olimlar tomonidan xulosalar almashildi. Shu bilan birga, bu kabi xalqaro tadbirlar O‘zbekistonda harbiy aviatsiya sohasining istiqboldagi rivojiga ulkan hissa qo‘shishiga ishonch bildirildi.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti