Nurobodda keng qamrovli vatanparvarlik festivali oʻtkazildi

0
996

Samarqand viloyatining olis hududlaridan biri hisoblangan Nurobod tumanida vatanparvarlikka yoʻgʻrilgan yoshlar festivali boʻlib oʻtdi. Unda tuman hokimligi, Markaziy harbiy okrug tasarrufidagi Kattaqoʻrgʻon garnizonida joylashgan harbiy qismlarning harbiy xizmatchilari, harbiy orkestr jamoasi, “Vatanparvar” tashkiloti, Yoshlar ishlari agentligi va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Festivalning asosiy tantanalari “Sogʻlom hayot uchun besh ming qadam” shiori ostidagi yurish marafoni bilan boshlandi. Darhaqiqat, mazkur tadbir jamiyatda sogʻlom turmush tarzini qaror toptirish, ertamiz egalari salomatligini mustahkamlash hamda oʻzaro hamjihatlik yoʻlida muhim ahamiyatga egadir.

Festival doirasida harbiy xizmatchilarning turli chiqishlari va harbiy orkestr jamoasining ona Vatanni tarannum etuvchi kuy-qoʻshiqlari namoyish etilgani, turli koʻrik-tanlov hamda musobaqalarni oʻtkazilgani tadbir ishtirokchilariga chinakam xushkayfiyat ulashdi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati