“Otam, onam va men — sportchi oila” musobaqasining okrug bosqichi boʻlib oʻtdi

0
637

Harbiy oilalarda jismonan baquvvat, mustahkam irodali, har tomonlama sogʻlom avlodni voyaga yetkazish maqsadida Samarqandda “Otam, onam va men — sportchi oila” sport oʻyinlari musobaqasining Markaziy harbiy okrug bosqichi oʻtkazildi.

 “Sogʻlom oila” shiori ostida tashkil etilgan musobaqada okrug tasarrufidagi harbiy qism va muassasalardagi harbiy xizmatchilar hamda ularning oila aʼzolaridan iborat 14 ta jamoa ishtirok etdi. Ular to‘rtta — “Tezkor estafeta”, “Mohir hujumchi”, “Biz epchil, biz chaqqon, darts” hamda “Qiziqarli milliy oʻyinlar” shartlari boʻyicha bellashdilar.

Shiddatli, qiziqarli va bahs-munozaraga boy tarzda oʻtkazilgan musobaqada toʻplangan ballar yigʻindisi boʻyicha gʻolib jamoa aniqlanadi.

Yakunda turli nominatsiyalar boʻyicha hamda faxrli oʻrinlarni qoʻlga kiritgan oilalarga qimmatbaho sovgʻalar topshirilib, musobaqaning mutlaq gʻilibi sifatida eʼtirof etilgan Samarqand garnizonidan Hamidovlar oilasiga okrug qoʻshinlari qoʻmondonining kubogi topshirildi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati