Harbiy xizmatchilarning oila aʼzolari ishtirokida davra suhbati

0
1813

Bugungi kunda Mudofaa vazirligi tizimida xizmat qilayotgan harbiy xizmatchi ayollarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash, ularning huquqiy savodxonligini oshirish, mavjud muammolarini joylarga chiqqan holda oʻrganish va suhbatlar oʻtkazish tizimi yoʻlga qoʻyilgan. Hamkor tashkilotlar bilan birgalikda ushbu yoʻnalishda doimiy ravishda salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, Respublika harbiy prokuraturasi bilan hamkorlikda Mudofaa vazirligiga qarashli Toshkent viloyati Olmaliq va Ohangaron tumanlarida joylashgan harbiy qismlardagi ayol harbiy xizmatchilar va harbiy xizmatchilarning oila aʼzolari ishtirokida davra suhbati boʻlib oʻtdi.

Unda soʻzga chiqqanlar, mamlakatimizda xotin-qizlar uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar, qabul qilinayotgan normativ huquqiy hujjatlar haqida batafsil maʼlumotlar berishdi.

Samimiy va ochiq muloqot tarzida oʻtkazilgan davra suhbatidan soʻng harbiy xizmatchilarning turmush oʻrtoqlari hamda ayol harbiy xizmatchilar uchun soha mutaxassislari ishtirokida yakka tartibda qabullar ham tashkil etildi.

Xuddi shunday tadbir Mudofaa vazirligiga qarashli Toshkent shahrida joylashgan harbiy qism shaxsiy tarkibi ishtirokida Yunusobod tumani hokimligi katta majlislar zalida ham tashkil etildi.