“Tong” oromgohida birinchi mavsum yakuniga bag‘ishlangan kecha tashkil qilindi

0
1938

Kecha, 13-iyun kuni Mudofaa vazirligiga qarashli “Tong” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohida 1-mavsumning yakuniga bag‘ishlangan madaniy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

Unda mudofaa vaziri o‘rinbosari general-mayor Hamdam Qarshiyev, Mudofaa vazirligi mas’ul ofitserlari, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari ishtirok etdi. Tantanali tadbir davomida so‘zga chiqqanlar oromgohdagi qisqa ta’til davomida bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazgan o‘g‘il-qizlarning o‘qishdagi kelgusi faoliyatlariga muvaffaqiyatlar tiladi.  

Yoshlar ham o‘z navbatida bir necha kun ichida o‘zlari uchun tashkil etilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, sport to‘garaklari, til mashg‘ulotlarida olgan bilimlari uchun mutasaddilarga minnatdorchiligini bildirdi.

Tadbirning badiiy qismida Qurolli Kuchlar markaziy ashula va raqs ansambli hamda bolalar ijodiy jamoalarining badiiy chiqishlari davraga o‘zgacha shukuh bag‘ishladi. Faxriy qorovulning saf chiqishlari ham shular jumlasidan.  

Kecha yakunida o‘tgan mavsum davomida tadbirlarda faol ishtirok etgan bir guruh yoshlar tashkilotchilar tomonidan munosib taqdirlandi.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti