Qurolli Kuchlar akademiyasida ham “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” o‘tkazildi

0
1773

Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularni milliy armiyamizda olib borilayotgan islohotlardan boxabar qilish hamda milliy armiyamiz saflarida xizmat qilish istagini yanada oshirish maqsadida Qurolli Kuchlar akademiyasida “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” bo‘lib o‘tdi.

Unda akademiya rahbari polkovnik Bobur Shayakubov Mirzo Ulug‘bek va Shayxontohur tumanlaridagi uyushmagan va profilaktik hisobda turuvchi yoshlari bilan ochiq suhbat o‘tkazdi.

Suhbat mobaynida har bir yigit Vatan oldidagi burchini to‘liq ado etishi katta sharaf ekani, harbiy kasb, harbiy ta’limdagi imkoniyat va imtiyozlar xususida fikr-mulohazalar va tushunchalar berib o‘tildi. Shundan so‘ng yoshlarning qiziqtirgan savollariga batafsil javob qaytarildi. Bu kabi ochiq davra suhbatlari armiya va yoshlar birdamligini oshirishga ximat qilishi shubhasiz.

Uchrashuv yakunida yoshlar e’tiboriga havola etilgan madaniy dastur barchaga xushkayfiyat bag‘ishladi.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti