“Yoshlar harakati — salomatlik uchun” shiori ostida marafon va festival oʻtkazildi

0
912

Bugun erta tongdan Navoiy shahrida joylashgan “Alisher Navoiy” nomidagi istirohat bogʻida viloyat hokimligi, Markaziy harbiy okrug qoʻmondonligi, Yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi hamda Yoshlar ishlari agentligi viloyat boshqarmasi hamkorligida “Yoshlar oyligi“ doirasida ”Yoshlar harakati — salomatlik uchun” shiori ostida yugurish marafoni hamda harbiy-vatanparvarlik festivali oʻtkazildi.

Marafonda viloyatdagi mutassidi tashkilot rahbarlari, garnizondagi harbiy qism harbiy xizmatchilar, IIB, Milliy gvardiya xodimlari hamda 7 yoshdan 70 yoshgacha boʻlgan novoiylik yurtdoshlarimiz ishtirok etdi. Ishtirokchilar istirohot bogʻi boʻylab 3 kilometr masofaga yugurib, finish chizigʻini bosib oʻtdilar va musobaqa tashkilotchilarining qimmatbaho sovgʻalariga ega boʻlishdi.

Marafaondan soʻng tashkil etilgan harbiy-vatanparvarlik festivalida harbiy xizmatchilar tomonidan namoyish etilgan turli sahna koʻrinishlari hamda harbiy orkestrning kuy-qoʻshiqlar navoiylik yoshlarga chin maʼnoda xushkayfiyat ulashdi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati