Sayyor qabul — muammolarga ijobiy yechim

0
1264

Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy prokuraturasi, Mudofaa vazirligi mas’ullari hamda boshqa davlat va jamaot tashkilotlari vakillari Toshkent viloyatidagi harbiy qismlarning birida sayyor qabul oʻtkazdi. Qabulda harbiy xizmatchilar, ularning oila aʼzolari, harbiy pensionerlar va boshqa yuzdan ortiq fuqarolarning murojaatlari tinglandi.

Fuqarolarning harbiy xizmatni oʻtash, ish bilan taʼminlash, uy-joy, ijtimoiy himoya va boshqa masalalarga doir muammolarining aksariyati oʻz joyida hal etildi. Xususan, respublika harbiy prokurorining birinchi o‘rinbosari qabul qilgan murojaatlarning aksariyati ijobiy yechim topdi, ayrimlariga huquqiy maslahatlar berilib, mutasaddilar tomonidan nazoratga olinishi tayinlandi.

Ommaviy qabulda masʼullar murojaatchilarning savollariga javob qaytarishar ekan, qonunchiliklagi harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq oʻzgarishlar, imtiyozlar va ularning haq-huquqlari toʻgʻrisida batafsil maʼlumot berib, Vatan himoyasida turgan oʻgʻlonlar va ularning oila aʼzolari muammolari hamisha qonuniy yechim topishini, Vatan xizmatiga intilayotgan yigitlarning harakatlari qoʻllab-quvvatlanishini bildirdilar.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti