Farg‘ona viloyatining olis hududida “General va yoshlar uchrashuvi” bo‘lib o‘tdi

0
1188

Fargʻona viloyati Qoʻqon shahrining olis hududida joylashgan mahallada Sharqiy harbiy okrug qoʻshinlari qoʻmondoni general-mayor Aybek Saidov, Qoʻqon shahar hokimi, mahalladagi 1-sektorga biriktirilgan yoshlar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirokida “General va yoshlar uchrashuvi” boʻlib oʻtdi.

Tadbirda okrug qo‘shinlari qo‘mondoni tomonidan Qurolli Kuchlarimizda olib borilayotgan islohotlar, oliy harbiy ta’lim muassasalari va yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar haqida ma’lumot berildi. Uchrashuv qiziqarli savol-javoblarga boy bo‘ldi. Ochiq muloqot tarzida kechgan uchrashuv davomida qo‘mondon yoshlarni qiziqtirgan barcha savollariga batafsil javob qaytardi.

Tadbir so‘nggida bir guruh faol yoshlarga okrug qo‘shinlari qo‘mondonining esdalik sovg‘alari topshirildi. Ta’kidlash kerakki, bu kabi uchrashuvlar yoshlarda vatanparvarlik tuyg‘usini oshirib, ularning ona Vatanga bo‘lgan mehr-muhabbatini shakllanishiga xizmat qiladi.

Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati