Ishtixonda “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” boʻlib oʻtdi

0
584

Markaziy harbiy okrug qoʻmondonligi tomonidan “Yoshlar oyligi” doirasida Samarqand viloyati yoshlarini vatanparvarlikka undash, ularni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash hamda tashabbuslarini roʻyobga chiqarish maqsadida oʻtkazilayotgan uchrashuvlarning navbatdagisi Ishtixon tumanida oʻtkazildi.

Uchrashuvda okrug qoʻmondonligi vakillari, tuman hokimi Fazliddin Ruziyev, mudofaa ishlar boshqarma va boʻlimlari hamda tumandagi mutassadi tashkilot rahbarlari ishtirok etdi.

Ochiq muloqot tarzida kechgan uchrashuvda dastlab yoshlarning ongiga taʼsir qiluvchi turli omillarning salbiy oqibatlari va internet tarmogʻining ijobiy jihatlaridan toʻgʻri foydalanish boʻyicha tavsiyalar berildi.

Shuningdek, milliy armiyamiz kuch-qudrati, unda yaratilayotgan keng imkoniyatlar haqida aytilib, Qurolli Kuchlarimiz saflarida xizmat qilish va oliy harbiy taʼlim muassasalarida tahsil olish toʻgʻrisida maʼlumotlar yetkazildi.

Shuningdek, muloqot davomida yoshlarning harbiy va ijtimoiy sohadagi muammolari tuman hokimi hamda mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda oʻrganilib, uni ijobiy yechish masalalari koʻrildi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati