Olis hududlarda oʻtkazilayotgan festivallarda minglab yoshlar qamrab olinmoqda

0
861

Navoiy garnizonida xizmat qilayotgan harbiy xizmatchilar tomonidan Samarqand viloyatining Paxtachi tumanida hamda Navoiy viloyatining bir nechta tumanlarining olis hududlarida “Yangi Oʻzbekiston yoshlari, birlashaylik!” shiori ostidan harbiy-vatanparvarlik festivallarini oʻtkazildi.

“Yoshlar oyligi” doirasida minglab yoshlarni jamlagan festivallar harbiy xizmatchilardan iborat harbiy-vatanparvarlik karvonining markaziy koʻchalar boʻylab marsh harakatlari bilan boshlandi. Tadbirlarda mahalliy hokimliklar, harbiy xizmatchilar, viloyat va tuman mudofaa ishlar boʻlimi vakillari, mahalla faollari va yoshlar ishtirok etdi.

Oʻtkazilgan festivallar davomida soʻz olganlar mamlakatimizda yoshlarga berilayotgan eʼtibor va yaratilayotgan imkoniyatlar xususida gapirib, barchani “Yoshar oyligi” doirasida oʻtkazilayotgan tadbirlarda faol ishtirok etishga chorladi.

Bundan tashqari, ushbu oylik doirasida harbiy qismlarda “Harbiy qismda bir kunim” va “Men albatta harbiy boʻlaman” loyihasi doirasida ochiq eshik kunlari tashkil etilayotgani ta’kidlandi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati