Oliy harbiy bilim yurtida “Uch avlod uchrashuvi” oʻtkazildi

0
1139

Keksa avlod vakillarini har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ularning ijtimoiy faolligini oshirish, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va harbiy xizmatga boʻlgan qiziqishlarini uygʻotish, ularni ilm-fanga qiziqtirish ishlarida nuroniylarning hayotiy tajriba va bilimlarini yetkazish maqsadida Chirchiq oliy tank qoʻmondonlik muhandislik bilim yurtida “Uch avlod uchrashuvi” oʻtkazildi. Toshkent shahar “Nuroniy” jamgʻarmasining tashabbusi bilan “Nuroniy” jamgʻarmasi Toshkent viloyati Chirchiq shahri boʻlimi, “Veteran” tashkiloti hamda bilim yurti hamkorligida oʻtkazilgan mazkur tadbirda viloyat va shaharlardan 120 nafar nuroniy hamda 280 nafar yoshlar va kursantlar ishtirok etishdi.

Dastlab keksa avlod vakillari hamda yoshlar bilim yurtida yaratilgan shar-sharoitlar bilan tanishib chiqishdi. Oliy harbiy taʼlim muassasasining shonli tarixidan soʻzlovchi muzeyga uyushtirilgan ekskursiya esa yoshlarga manzur keldi.

Soʻngra keksa avlod vakillari, yoshlar va kursantlarni bir joyga jamlagan “Uch avlod uchrashuvi” tadbiri oʻtkazildi. Tadbir davomida soʻzga chiqqan nuroniylarimiz oʻzlarining boy hayot tajribalarini yoshlarga yetkazib. Ularning kelajakda oʻz oʻrinlarini topishda oʻz maslahatlarini berishdi.

Tadbir kuy-qoʻshiqlar va raqslarga ulashib ketdi. Yakunda esa tadbirda faol ishtiroki va yoshlarni tarbiyalashdagi xizmatlari uchun bir guruh nuroniylar esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.

Sherzod EGAMBERDIYEV, Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti