Olis hududlarda ham vatanparvarlik festivallari tashkil etilmoqda

0
847

30-iyun — Yoshlar kuni munosabati bilan Mudofaa vazirligi qo‘shinlarida iyun oyi “Yangi Oʻzbekiston yoshlari, birlashaylik” shiori ostida “Yoshlar oyligi” deb eʼlon qilingan. Shu munosabat bilan respublikamizning eng olis hududlari bo‘lgan Qo‘ng‘irot va Uchquduq tumanlarida joylashgan harbiy qism targibot guruhlari tomonidan hududiy hokimlik, mudofaa ishlari boʻlimi, tuman madaniyat boʻlimlari bilan hamkorlikda “Vatan muqaddas, uni himoya qilish sharafli burch!” shiori astida vatanparvarlik festivallari oʻtkazildi.

Tuman markazlari, harbiy shaharchalar, aholi va yoshlar yigʻilishiga qulay boʻlgan maskanlar oʻtkazilgan tadbirlarda harbiy xizmatchilar tomonidan Vatanni madh etuvchi kuy-qoʻshiqlar ijro etilib, bolajonlar uchun turli interaktiv oʻyinlar tashkil etildi.

Tuman madaniyat uyi va musiqa maktablarining havaskor tarbiyalanuchilari tomonidan turli sahna koʻrinishlariyu, milliy hamda jahon raqslari namoyish etildi. “Yoshlar oyligi” doirasida mamalakatimizning turli nuqtalarida oʻtkazilayotgani bu kabi tadbirlar xalq va armiyaning yanada birdamligini ta’minlashga xizmat qiladi.