Farg‘onada “Yoshlar oyligi” doirasida harbiy-vatanparvarlik festivali o‘tkazildi

0
1017

Bugungi kunda yurtimizda yoshlarga katta e’tibor qaratilib, ular uchun yangidan yangi imkoniyatlar o‘z eshigini ochayotgani hech kimga sir emas. 30-iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan joriy yilning iyun oyi Mudofaa vazirligi qoʻshinlarida “Yoshlar oyligi” deb eʼlon qilingani ham yuqoridagi fikrlarimizning yorqin isbotidir.

Mazkur oylik doirasida amalga oshiriladigan ishlar, loyihalar va o‘tkazildagidan tadbirlar yoshlarimizni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularda yurtga muhabbat va daxldorlik xissini oshirishga xizmat qiladi. Shu kabi ezgu maqsadlar yo‘lida kuni kecha Farg‘ona viloyati Uchko‘prik tumanida ushbu ezgu maqsadlarga qaratilgan “Yangi Oʻzbekiston yoshlari, birlashaylik” shiori ostida yoshlar festivali o‘tkazildi.

Tadbirda Farg‘ona garnizonidagi harbiy qism harbiy xizmatchilari, harbiy orkestr va faxriy qorovul jamoalari, yoshlar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Harbiy orkestr musiqalari, faxriy qorovulning saf chiqishlari barchada katta taassurot qoldirdi. Yoshlar harbiy akalaridan ko‘plab o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar oldi.

Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati