Navoiyda “Yoshlar oyligi” koʻtarinki ruhda oʻtmoqda

0
974

30-iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan joriy yilning iyun oyi Mudofaa vazirligi qoʻshinlarida “Yoshlar oyligi” deb eʼlon qilingani munosabati bilan Markaziy harbiy okrugda ham bir qator tadbirlar o‘tkazilishi belgilangan.

Jumladan, Navoiy viloyati hokimligi, Navoiy garnizonidagi harbiy qism, Yoshlar ittifoqi viloyat kengashi hamda qator tashkilotlar bilan hamkorlikda yoʻl xaritasi tuzilib, viloyatning shahar va tumanlarida vatanparvarlik festivallari, uchrashuvlar hamda turli sport musobaqalari oʻtkazilib kelinmoqda.

Kuni kecha Navbahor hamda Konimex tumanlarida oʻtkazilgan “Rahbar va yoshlar” uchrashuvlari kelajak avlod vakillariga Vatan himoyasi sharafli va muqaddas burch ekani to‘g‘risida samimiy muloqot o‘tkazildi. Yakunda oʻzining faolligi bilan tengdoshlariga naʼmuna boʻlib kelayotgan bir guruh yoshlarga esdalik sovgʻalari topshirildi.

Bundan tashqari, yoshlar oʻrtasida turli sport musobaqalari va tanlovlar tashkil etilib, yoshlar kechki dam olish vaqtlarini mazmunli oʻtkazishlari uchun harbiy orkestr ijrosidagi konsert dasturlari namoyish etilmoqda.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati