“Bizni mehr birlashtiradi!”

0
522

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Sirdaryo viloyat Kengashi, Mudofaa vazirligiga qarashli harbiy qism hamda Mudofaa vazirligi huzuridagi  Jamoatchilik kengashi Sirdaryo viloyat mintaqaviy bo‘limi hamkorlikda viloyat hududlarida istiqomat qiluvchi imkoniyati cheklangan yoshlar ishtirokida “Bizni mehr birlashtiradi!” loyihasi tashkil etildi.

Loyiha ishtirokchilari uchun Mirzaobod tumani Madaniyat bo‘limi yoshlari va “Kamalak” bolalar tashkiloti tomonidan tayyorlangan madaniy chiqishlar hamda Milliy gvardiyaning Sirdaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi harbiylari tomonidan ko‘rgazmali chiqishlar namoyish etildi. Shuningdek, yoshlarga hamkor va homiylar tomonidan esdalik sovg‘alari topshirildi.

Tadbir davomida mirzaobodlik Sevinch Mo‘minova o‘zining “Mening baxt-omadim” nomli mualliflik qo‘shig‘i bilan, armresting va og‘ir atletika bo‘yicha 8 karra Osiyo chempioni, sport ustasi boyovutlik Gulnoza Mamatqulova o‘z tilaklari bilan ishtirok etdi.

Yakunda ishtirokchilar bunday bayramlar ko‘p bo‘lishini xohlashini izhor etishdi.

Shu kuni yoshlarni chin ma’noda “mehr” va “ezgulik” birlashtirdi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti