Namanganda harbiy oilalar bilan ishlashga masʼul mutaxassislar bilan oʻquv-uslubiy yigʻin oʻtkazildi

0
1324

Namanganda Mudofaa vazirligi Xotin-qizlar va harbiy xizmatchilarning oilalari bilan ishlash boʻyicha bosh mutaxassislari hamda Sharqiy harbiy okrug qoʻshinlaridagi harbiy qism va muassasalarda ushbu yoʻnalishda faoliyat olib borayotgan mutaxassislar uchun oʻquv-uslubiy yigʻin boʻlib oʻtdi.

Yig‘in avvalida Namangan viloyati mudofaa ishlari boshqarmasida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar bilan davlatimiz tomonidan ayollarga yaratilayotgan sharoitlar, imkoniyatar, ularning jamiyatdagi oʻrni haqida davra suhbati oʻtkazildi. Shundan soʻng, Namangan shahridagi Chaqiriluvchilarni harbiy texnik mutaxassisliklar boʻyicha tayyorlash markazida uchrashuv tashkil etildi.

Yigʻin davomida mutaxassislar tomonidan oʻzbek oilalarining ijtimoiy-psixologik xususiyatlari, xususan, harbiy oilalar bilan ishlashning zamonaviy pedogogik-psixologik texnologiyalari, oilalaridagi muloqot hamda shaxslararo munosabatlar, oilaning axloqiy, diniy va huquqiy jihatlari mavzularida soʻz yuritildi.

Shuningdek, harbiy oilalar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini targʻib etish, ularning ijtimoiy himoyasini taʼminlash borasida olib borilayotgan ishlar sarhisob qilindi.

Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati