“Vatan himoyasi — muqaddas burch” mavzusida adabiy-maʼrifiy tadbir boʻlib oʻtdi

0
1336

Havo hujumidan mudofaa qoʻshinlari va Harbiy havo kuchlari qoʻmondonligining anjumanlar zalida “Vatan himoyasi — muqaddas burch” mavzusida adabiy-maʼrifiy tadbir boʻlib oʻtdi.

Tadbirda Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi “Maʼrifat targʻibotchilar” jamiyati aʼzosi, siyosiy fanlar boʻyicha falsafa doktori, dotsent Mahfuza Yo‘ldosheva, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist Mehriddin Rahmatov, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist Tohir Saidov, Oʻzbekiston davlat filarmoniyasi xonandasi Saidakbar Xolmatov ishtirok etdi.

Samimiy ruhda kechgan tadbir doirasida aktyorlar tomonidan ijro etilgan rollar, Jaloliddin Manguberdi monologi, “Sohibqiron” tarixiy dramasidan parchalar, shuningdek, Vatanni madh etuvchi kuy-qo‘shiqlar harbiy xizmatchilarda katta taassurot qoldirdi.

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi bilan hamkorlikda oʻtkazib kelinayotgan bu kabi adabiy-maʼrifiy tadbirlar harbiy-vatanparvarlik yo‘nalishidagi tarbiyaning oʻrni va ahamiyatini yanada oshirishga, yoshlarni Amir Temur va Jaloliddin Manguberdi singari mard va jasur boʻlib voyaga yetishlariga undash yo‘lida muhim ahamiyatga ega.

Ta’kidlash kerakki, “Vatan himoyasi — muqaddas burch” mavzusidagi adabiy-ma’rifiy tadbir Qurolli Kuchlar akademiyasida ham bo‘lib o‘tdi.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti