Samarqandda sayyor qabul oʻtkazildi

0
1438

Markaziy harbiy okrug Maʼnaviyat va maʼrifat markazida okrug qoʻshinlari qoʻmondoni polkovnik Farrux Ziyabayev, Samarqand harbiy prokurori adliya polkovnigi Odil Oʻsarov hamda Samarqand harbiy sudi raisi Bahriddin Ahmedov boshchiligida sayyor qabul oʻtkazildi.

Harbiy xizmatchilar va ularning oila aʼzolari, Qurolli Kuchlar xizmatchilari hamda harbiy pensionerlarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash, muammolarini ijobiy hal etish maqsadida tashil etilgan qabulga Samarqand viloyati sogʻliqni saqlash boshqarmasi, Bandlikka koʻmaklashish markazi, maktab va maktabgacha taʼlim boshqarmasi xodimlari, shuningdek, bir qator tashkilotlarning masʼul mutaxassislari jalb etildi.

Ochiq va oshkoralik tarzda oʻtkazilgan ushbu muloqot jarayonida har bir oilaning uy-joy masalasi, tibbiy xizmat koʻrsatish, dam olish sanatoriyalariga yuborish, xizmat joyini koʻchirish kabi muammolari atroflicha oʻrganilib, ularni yaxshilash uchun kerakli boʻlgan koʻrsatmalar berib oʻtildi.

Harbiy xizmatchilarning turmush oʻrtoqlari bandligini taʼminlash hamda farzandlarini umumtaʼlim maktabi va maktabgacha taʼlim muassasasiga joylashtirishdagi sunʼiy toʻsiqlar va duch kelinayotgan muammolarni ijobiy hal etish masalalari koʻrildi va murojaatchilarga huquqiy maslahatlar berildi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati