Harbiy qism yoshlarga oʻz eshiklarini ochdi

0
4239

Muborak tumanida joylashgan harbiy qismda tumandagi “Jeynov”, “Yangi Jeynov”, “Ayzabod” hamda “Avvona” mahallalari yoshlari bilan “Ochiq eshiklar kuni” tashkil etildi.

“Harbiy qismda bir kunim” loyihasi asosida oʻtgan tadbirga 7-, 8- 9- hamda 20-umumiy oʻrta taʼlim maktabining yuqori sinf oʻquvchilari jalb etildi.

Maskanda yuqori kayfiyatda kutib olingan mehmonlar harbiy qismda harbiy xizmatchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishib chiqdilar. Oshxona, yotoqxona, sport zali, kutubxona, otish trenajyorlarida mavjud imkoniyatlarni kuzatgan oʻquvchilarning aksarida harbiy xizmatchi boʻlish istagi uygʻongan boʻlsa ajab emas.

Harbiy qism shonli tarixi muzeyi boʻylab qilingan sayohat, ayniqsa, ulkan taassurotlarga boy boʻldi. Eksponatlar, koʻrgazmali materiallar bilan tanishgan yoshlar sohaga doir yangi maʼlumotlarga ega boʻldi. Bir soʻz bilan aytganda tadbir yoshlar uchun unutilmas lahzalarni tuhfa etdi.

Janubi-gʻarbiy maxsus harbiy okrug matbuot xizmati