Qurolli Kuchlar akademiyasi professor-o‘qituvchilarni ishga taklif etadi

0
3248

O‘zbekiston Respublikasida yetakchi harbiy ta’lim maskani hisoblangan, harbiy mutaxassislarni tayyorlashda yuqori mavqeiga ega bo‘lgan Qurolli Kuchlar akademiyasi professor-o‘qituvchilar uchun tanlov e’lon qiladi.

Pedagog kadrlar malakasini oshirish markaziga:

Dotsent — 3 nafar.

Axborot texnologiyalari va kiberxavfsizlik kafedrasiga:

Professor (IT) — 1 nafar;
Dotsent (aloqa va IT) — 1 nafar;
Katta o‘qituvchi (aloqa va IT) — 2 nafar.

Jismoniy tayyorgarlik va sport kafedrasiga:

Dotsent (jismoniy tayyorgarlik va sport) — 1 nafar;
Katta o‘qituvchi (jismoniy tayyorgarlik va sport) — 1 nafar;
O‘qituvchi (jismoniy tayyorgarlik va sport)  — 1 nafar.

Harbiy fanlar kafedralariga:

Professor — 2 nafar;
Dotsent — 6 nafar;
Katta o‘qituvchi — 1 nafar;
O‘qituvchi  — 1 nafar.

Harbiy pedagogika va psixologiya kafedrasiga:

Professor (psixologiya) — 1 nafar;
Dotsent (psixologiya) — 2 nafar;
Katta o‘qituvchi (psixologiya) — 1 nafar;
O‘qituvchi (psixologiya) — 1 nafar;
Professor (pedagogika) — 1 nafar;
Dotsent (pedagogika) — 1 nafar;
Katta o‘qituvchi (pedagogika) — 1 nafa;
O‘qituvchi (pedagogika) — 1 nafar.

Tillar kafedrasiga:

Kafedra mudiri (barcha tillar) — 1 nafar;
Dotsent (ingliz tili) — 3 nafar;
Dotsent (fors tili) — 1 nafar;
Dotsent (rus tili) — 2 nafar;
Katta o‘qituvchi (ingliz tili) — 6 nafar;
Katta o‘qituvchi (nemis tili)  — 1 nafar;
Katta o‘qituvchi (rus tili)  — 1 nafar;
Katta o‘qituvchi (fransuz tili)  — 1 nafar;
O‘qituvchi (ingliz tili)  — 2 nafar;
O‘qituvchi (nemis tili)  — 1 nafar;
O‘qituvchi (rus tili)  — 1 nafar;
O‘qituvchi (o‘zbek tili)  — 1 nafar.

Tabiiy fanlar kafedrasiga:

Kafedra mudiri (matematika, fizika) — 1 nafar;
Professor (matematika, fizika) — 2 nafar;
Dotsent (matematika) — 1 nafar;
Dotsent (kimyo) — 1 nafar;
Dotsent (fizika) — 2 nafar;
Dotsent (elektrotexnika) — 2 nafar;
Katta o‘qituvchi (elektrotexnika)  — 1 nafar;
Katta o‘qituvchi (matematika)  — 1 nafar;
O‘qituvchi (matematika) — 1 nafar.

Gumanitar fanlar bo‘yicha:

Professor (tarix) — 1 nafar;
Dotsent (dinshunoslik) — 1 nafar;
Dotsent (falsafa, tarix) — 2 nafar;
Katta o‘qituvchi (dinshunoslik, tarix) — 1 nafar;
Professor (yurisprudensiya) — 1 nafar;
Dotsent (yurisprudensiya) — 1 nafar;
O‘qituvchi (huquqshunos) — 1 nafar.

Tanlovda qatnashish uchun quyidagi hujjatlar talab etiladi:

♦ akademiya boshlig‘i nomiga ariza;
♦ qatnashuvchilarda ilmiy daraja;
♦ ilmiy unvon, shuningdek ilmiy ishlar va ixtirolar mavjud bo‘lgan taqdirda, ular tegishli diplomlar, attestatlar nusxalarini va ilmiy ishlar ro‘yxatini taqdim etishlari lozim.

Mazkur tanlovda kamida magistr darajasiga ega, xorijiy tillarni bilish bo‘yicha tegishli sertifikatlarga (C1, IELTS) ega bo‘lgan (tillar kafedrasiga), kelajakda ilmiy ish bilan shug‘ullanish istagi bor nomzodlar ishtirok etishlari mumkin.

Hujjatlar e’lon berilgan kundan boshlab 30 (o‘ttiz) kun muddat ichida qabul qilinadi.

Ma’lumot uchun, akademiyada pedagog-o‘qituvchilar tarkibiga haq to‘lash tartibi quyidagicha belgilangan:

♦ maxsus moddiy rag‘batlantirish jamg‘armasi hisobidan bazaviy lavozim maoshiga 15 % qo‘shimcha ustama;
♦ ish muddati uchun 30 % gacha qo‘shimcha ustama;
♦ ilmiy pedagogik mehnat faoliyati bilan shug‘ullanuvchi ilmiy darajaga ega xodimlarga 30 % dan 60 % gacha qo‘shimcha haq to‘lanadi.

Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga asosan maxsus talablarga javob beradigan va belgilangan talablarni bajarganlarga 200% gacha har oylik qo‘shimcha ustamalar to‘lanadi.

Murojat uchun telefon: +998 71 289-97-27; +998 71 289-97-84.