Kursantlar o‘rtasidagi xalqaro olimpiada qizg‘in pallaga kirdi

0
1731

Ayni kunlarda Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik-muhandislik bilim yurtida MDHga a’zo davlatlar oliy harbiy ta’lim muassasalari kursantlari o‘rtasida “Harbiy-kasbiy tayyorgarlik” yo‘nalishi bo‘yicha VIII xalqaro olimpiada bo‘lib o‘tmoqda.

Unda O‘zbekiston, Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iziston, Xitoy Xalq Respublikalari va Rossiya Federatsiyasidan jami 6 jamoa shiddatli bahslarga kirishgan.

Xususan, olimpiada ishtirokchilari “Tibbiy tayyorgarlik”, “Oʻquvda qiyin – jangda oson”, “Kimyoviy himoya”, “Orientirlash”, “Xalqaro gumanitar huquq”, “Qurolsoz”, “Duel”, “Mergan”, “Armiya biatloni”, “Yoʻlak” kabi musobaqalarda oʻz bilim va mahoratlarini sinovdan oʻtkazmoqda.

Eslatib o‘tamiz, ushbu xalqaro olimpiadaning o‘tgan yilgi bahslarida Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari akademiyasi kursantlari faxrli 1-oʻrinni egallagan.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti