Nukus garnizonida sayyor qabul oʻtkazildi

0
1704

Shimoli-gʻarbiy harbiy okrug qoʻshinlari qoʻmondonligi va Nukus harbiy prokuraturasi bilan hamkorlikda Nukus garnizonidagi harbiy xizmatchilar hamda ularning oila aʼzolari ishtirokida sayyor qabul oʻtkazildi.

Sayyor qabul avvalida so‘zga chiqqanlar harbiy xizmatchilar huquqlarini himoya qilish va ular oʻrtasida jinoyatchilikning olidini olish mamlakatimiz mudofaa salohiyatini yuksaltirishda muhim omil boʻlib qolishini taʼkidlashdi.

Tadbirda 150 nafarga yaqin harbiy xizmatchilar va ularning oila aʼzolari qatnashib, imtiyozli asoslarda uy-joy xarid qilish borasida kreditlar olish, xizmat joyini boshqa xizmat joyiga oʻzgartirish masalasi, shuningdek, boshqa murojaatlar bilan kelgan muammolar batafsil oʻrganib chiqildi.

Sayyor qabul yakunida bayonnoma tuzilib, barcha murojaatlarga qonuniy yechim topish maqsadida yoʻllanmalar berildi.

Shimoli-gʻarbiy harbiy okrug matbuot xizmati