Markaziy harbiy okrugda “Rahbar va yoshlar” uchrashuvlari oʼtkazildi

0
748

Markaziy harbiy okrugning Samarqand, Jizzax, Navoiy viloyatlarida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvlari oʼtkazildi. Uchrashuvlarda Markaziy harbiy okrug qoʼshinlari qoʼmondonligi masʼul ofitserlari ishtirok etdi.


Yetakchi ofitserlar yurtimiz kelajagi boʼlgan oʼquvchi yoshlar bilan dildan suxbat qurishib, yoshlarimizni takliflarini tingladi va ular boʼyicha tegishli qarorlar qabul qilindi.
Oʼquvchi yoshlar oʼzlarini qiziqtirgan savollarga mutasaddilardan toʼliq javoblar olishdi.
Uchrashuvlar yakunida oʼquvchi yoshlarga sovgʼalar ulashildi. Shuningdek, qurol-aslaha va harbiy texnikalar koʼrgazmasi namoyish etildi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati