Harbiy-ma’muriy sektor rahbari va yoshlar uchrashuvi o‘tkazildi

0
1183

Farg‘ona dala o‘quv maydonida 1-sektorga biriktirilgan 100 nafar farg‘onalik yoshlar ishtirokida “Jasorat maktabi” harbiy-vatanparvarlik o‘quv yig‘ini o‘tkazilmoqda.

Yoshlar hayotda o‘z o‘rnini topishi, vatanparvarlik ruhida tarbiyalanishi, ularni kasb-hunarga o‘rgatish, bandligini ta’minlash hamda yurtimiz kelajagi uchun dahldorlik hissini uyg‘otishni maqsad qilgan yigʻin davomida ko‘plab tadbirlar va uchrashuvlar tashkil etilmoqda.

Xususan, kuni kecha Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov, Sharqiy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoni general-mayor Aybek Saidov ishtirokida yig‘in ishtirokchilari bilan “Harbiy-ma’muriy sektor rahbari va yoshlar uchrashuvi” o‘tkazildi.

Harbiy-o‘quv yig‘inida ishtirok etayotgan yoshlar bilan muloqot davomida okrug qo‘shinlari qo‘mondoni va viloyat hokimi tomonidan yoshlarning ko‘plab savollariga batafsil javoblar qaytarildi kelgusida harbiy xizmatchi bo‘lish istagi borligini aytgan yoshlarga esa qo‘mondon tomonidan kerakli tavsiyalar berildi.

Uchrashuv yakunida faol ishtirok etgan bir guruh yoshlar qimmatbaho va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati