Markazda harbiy xizmatchilarning oila a’zolari ishtirokida profilaktik tadbir o‘tkazildi

0
808

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari kichik mutaxassislar tayyorlash markazida Qurolli Kuchlarda umumiy jinoyatchilikni va korrupsiyani oldini olish mavzusida profilaktik tadbir o‘tkazildi.
Tadbirda Samarqand harbiy prokuraturasi vakillari va Markaz shaxsiy tarkibi hamda ularning oila a‘zolari ishtirok etdi.


Tadbirda so‘zga chiqqanlar korrupsiyaga haqida fikr yuritib, uning salbiy oqibatilari haqida batafsil malumotlar berishdi. Shuni alohida ta‘kidlash kerakki, korrupsiya – bu ijtimoiy-siyosiy vayronkor kuch, uning oqibatida milliy iqtisodiyotga putur yetadi, ijtimoiy tengsizlik chuqurlashadi, xalqning davlat boshqaruvi hokimiyati organlariga ishonchi yo‘qoladi, uyushgan jinoyatchilik kuchayadi, jamiyatda ma’naviyat izdan chiqa boshlaydi. Kurrupsiya buzg‘unchilik tabiatiga ega ekani uchun ham insoniy jamiyat qadim zamonlardan unga qarshi kurashib kelmoqda.
Shaxsiy tarkibning huquqiy ongini yanada oshirish maqsadida o‘tkazilgan ushbu tadbir kelgusida xizmat davomida jinoyat kodekslariga va nizomga zid harakatlarning oldini olishda o‘z samarasini beradi.
Ochiq va samimiy tarzda o‘tgan muloqotda ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar.

Kichik serjant Xayrullo O‘LMASOV