Navoiyda uch avlod uchrashuvi boʻlib oʻtdi

0
651

Markaziy harbiy okrugning Navoiy garnizonida faxriy harbiy xizmatchilar, yozuvchi va shiorlar, mudofaaga koʻmaklashuvchi vatanparvar tashkiloti viloyat kengashi vakillari, harbiy xizmatchilar hamda yoshlar ishtirokida “Vatanga xizmat – oliy fazilat” mavzusida uch avlod uchrashuvi oʻtkazildi.

Uch avlod uchrashuvida koʻzlangan asosiy maqsad, yoshlarni mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar, Qurolli Kuchlarimizda erishilgan ijobiy natijalar hamda keksa avlod vakillarining boy hayotiy tajribalari bilan tanishtirishdan iborat boʻldi.

Tadbirda soʻzga chiqqanlar mamlakatimizdagi tinchlik, milliy armiyamizdagi oʻzgarishlar, shuningdek Respublikamizda amalga oshirilayotgan islohotlar, yoshlar uchun yaratilgan imkoniyatlardan oqilona foydalanib, har bir yoshlarni kelajakda oʻz oʻrnini topishi lozimligini taʼkidladilar.

Koʻp yillar davomida vatanimiz tinchligi yoʻlida sadoqat bilan xizmat qilib, bugun ardoqda umrguzaronlik qilayotgan faxriylarimiz ham yoshlarga mustaqillikning avlodlarga meros qolishida, umrini vatanparvarlik, tinchlikparvarlik yoʻliga safarbar etgan insonlar xizmati haqida soʻz yuritib, yoshlarga ibrat namunasi boʻlishini tiladi.

Umuman, uchrashuv yoshlar hayotida unutilmas kun sifatida muhrlanib, harbiylik hayotiga havaslarini yana bir bor uygʻotdi va kelgusida armiya saflarida xizmat qilish istagini yanada mustahkamladi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati