“Mening armiyam – mening faxrim” shiori ostidagi novbatdagi aksiya Paxtakor tumanida bo‘lib o‘tdi

0
594

Mudofaa vazirining o’rinbosari polkovnik Q. Tursunov ishtirokida Markaziy harbiy okrug qo‘mondonligi, Paxtakor tumani hokimligi hamkorligida Paxtakor tumanidagi 2-umumta’lim maktabida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 30 yilligi hamda “O‘zbekiston yoshlar forumi-2021” haftaligi doirasida yoshlarda harbiy-vatanparvarlik va insoniylik tuyg‘ularini shakllantirish, xalq va armiya yakdilligini yanada mustahkamlashga qaratilgan “Mening armiyam – mening faxrim” shiori ostidagi navbatdagi aksiya o‘tkazildi.

Aksiya davomida Qurolli Kuchlarimizdagi harbiy texnikalar va qurol-aslahalar ko‘rgazmasi namoyish etildi. Taniqli san’atkorlar hamda Jizzax garnizoni harbiy orkestr jamoasining xonandalari tomonidan Vatanni madh etuvchi kuy-qo’shiqlar kuylandi.

Tadbir yoshlar qalbida Vatanga muhabbat yanada ortib, ularda Vatanni himoya qilishga bo‘lgan tuyg‘ularni mustahkamladi.

O’quvchi yoshlar o’rtasida mehr-oqibat, hamjihatlik, insoniylik, bag’rikenglikni targ’ib qilish, ularda ona Vatan oldidagi burch hissi, sadoqat tuyg’usini shakillantirish maqsadida ta’lim muassasalarida bu kabi tadbirlar, aksiyalar muntazam tashkil etilmoqda.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati