Sirdaryo viloyatida mahallalar obodligi va xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan seminar o‘tkazildi

0
1047

Sirdaryo viloyatidagi harbiy qismlarning birida o‘quvchi yoshlar ishtirokida “Jinoyatchilikka qarshi kurash”, “Mahalla xavfsizligi uchun hammamiz birgalikda masʻulmiz” hamda “Obod va xavfsiz mahalla” mavzularida seminar oʻtkazildi.

Unda Toshkent harbiy okrugi mas’ullari, mahalla beshligi, jamoatchilik vakillari hamda Respublika prokuraturasi, Ichki ishlar vazirligi ishchi guruhi aʻzolari ishtirok etdi. Seminar davomida jinoyat va huquqbuzarliklarga qarshi kurashish, mahallalarni obod va xavfsiz makonga aylantirish borasida maʻruzalar qilindi.

Shuningdek, seminarda yoshlar va voyaga yetmaganlar oʻrtasida yuz berayotgan noxush holatlarga chek qoʻyish yuzasidan tavsiyalar, qoʻshma qaror bilan belgilangan vazifalar boʻyicha tushuntirishlar berildi. Tadbir davomida ishtirokchilarning savollariga batafsil javoblar qaytarildi.