Qo‘mondon kubogi uchun sport musobaqalari o‘tkazildi

0
1722

Zangiota tumanida Toshkent harbiy okrugi qoʻshinlari qoʻmondoni kubogi musobaqalarining viloyat bosqichi boʻlib oʻtdi. Unda harbiy okrug tasarrufidagi harbiy qism va muassasalar, shuningdek, qo‘mondonliklar va boshqarmalar harbiy xizmatchilari sportning futbol, voleybol va tosh koʻtarish turlari boʻyicha bellashdi.

Qizg‘in va murosasiz kechgan musobaqalarda jismonan baquvvat va jamoaviy harakatlanish ko‘nikmalariga ega harbiy xizmatchilar yuqori natijalarni qayd etib, kuchli uchlikdan o‘rin oldi.

Voleybol:

  • 1-o‘rin — Havo hujumidan mudofaa va Harbiy havo kuchlari qo‘mondonligi;
  • 2-o‘rin — Toshkent harbiy okrugi;
  • 3-o‘rin — Toifalangan obyektlari qo‘riqlash qo‘shinlari qo‘mondonligi.

Futbol:

  • 1-o‘rin — Toshkent harbiy okrugi;
  • 2-o‘rin — Havo hujumidan mudofaa va Harbiy havo kuchlari qo‘mondonligi;
  • 3-o‘rin — Maxsus avariya tiklash boshqarmasi.

Tosh ko‘tarishda vazn toifalari bo‘yicha natijalar quyidagicha qayd etildi:

-67 kilogram

1-o‘rin — Toifalangan obyektlari qo‘riqlash qo‘shinlari qo‘mondonligi harbiy xizmatchisi;

2-o‘rin — Toshkent harbiy okrugi harbiy xizmatchisi;

3-o‘rin — Toshkent harbiy okrugi harbiy xizmatchisi.

-73 kilogram

1-o‘rin — Toshkent harbiy okrugi harbiy xizmatchisi;

2-o‘rin — Toshkent harbiy okrugi harbiy xizmatchisi;

3-o‘rin — Toifalangan obyektlari qo‘riqlash qo‘shinlari qo‘mondonligi harbiy xizmatchisi.

-81 kilogram

1-o‘rin — Toshkent harbiy okrugi harbiy xizmatchisi;

2-o‘rin — Toshkent harbiy okrugi harbiy xizmatchisi;

3-o‘rin — Toifalangan obyektlari qo‘riqlash qo‘shinlari qo‘mondonligi harbiy xizmatchisi.

-89 kilogram

  • 1-o‘rin — Toshkent harbiy okrugi harbiy xizmatchisi;
  • 2-o‘rin — Havo hujumidan mudofaa va Harbiy havo kuchlari qo‘mondonligi;
  • 3-o‘rin — Toifalangan obyektlari qo‘riqlash qo‘shinlari qo‘mondonligi harbiy xizmatchisi.

-96 kilogram

  • 1-o‘rin — Toshkent harbiy okrugi harbiy xizmatchisi;
  • 2-o‘rin — Toifalangan obyektlari qo‘riqlash qo‘shinlari qo‘mondonligi harbiy xizmatchisi;
  • 3-o‘rin — Havo hujumidan mudofaa va Harbiy havo kuchlari qo‘mondonligi.

Musobaqa g‘olib va sovrindorlari Toshkent harbiy okrugi qo‘shinlari qo‘mondonligi hamda Toshkent viloyati Yoshlar siyosati va sport bosh boshqarmasi tomonidan diplom, medal va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Toshkent harbiy okrugi matbuot xizmati