Harbiy xizmatchilar malakasi oshirilmoqda

0
650

Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik-muhandislik bilim yurtining malaka oshirish fakultetida Milliy gvardiya tasarrufidagi harbiy qismlar mutaxassislari uchun ikki haftalik malaka oshirish kursi bo‘lib o‘tmoqda.

– Malaka oshirish kurslarida nazariy va amaliy ko‘nikmalarini oshirayotgan Milliy gvardiya harbiy xizmatchilariga bilim yurtining tajribali professor-o‘qituvchilari mashg‘ulot o‘tmoqda, – deydi podpolkovnik O.Ahmadaliyev. – Otuvchi-zenitchi guruh mutaxassislarining ikki hafta davomida kasbiy malakasini oshirishda Quruqlikdagi qo‘shinlar havo hujumidan mudofaa kafedrasi o‘qituvchilarining hissasi katta bo‘lyapti.

Podpolkovnik Umid AZIZOV