“Hukumat kubogi” futbol musobaqasiga start berildi

0
1036

“Bunyodkor” futbol akademiyasining oʻquv-mashgʻulot maydonlarida rezpublikadagi vazirlik va tashkilotlar xodimlari oʻrtasida “Hukumat kubogi” futbol musobaqasi boʻlib oʻtmoqda.

Ushbu musobaqada ishtirok etayotgan Mudofaa vazirligi jamoasi Yoshlar ishlari agentligi jamoasi bilan bahs olib bordi.

Xavfli vaziyatlarga boy boʻlgan uchrashuv Mudofaa vazirligining 3:0 hisobidagi gʻalabasi bilan yakunlandi. Mudofaa vazirligining navbatdagi uchrashuvi bugun, 25-oktabr kuni Suv xoʻjaligi vazirligi jamoasiga qarshi boʻlib oʻtadi.

Mazkur musobaqaning final bosqichi noyabr oyida “JAR” sport-sogʻlomlashtirish markazi maydonida boʻlib oʻtadi.

Gʻolib va sovrindorlar Sportni rivojlantirish vazirligining medal va diplomlari bilan taqdirlanadi.