Yoshlarni vatanparvarlikka undovchi uchrashuvlar o‘tkazilmoqda

0
1265

Sharqiy harbiy okrug qoʻshinlari Andijon garnizonidagi safarbarlik chaqiruvi rezervi batalyonida “Uch avlod uchrashuvi” tashkil etildi. Uchrashuvda Qurolli Kuchlar faxriylari hamda harbiy xizmatchilar ishtirok etdi.

Samimiy suhbat tarzida tashkil etilgan uchrashuvda ishtirokchilar oʻzlarining hayotiy tajribasi va kasbiy faoliyatida orttirgan tajribalari borasidagi mulohazalari bilan oʻrtoqlashdi. Tadbir davomida Mudofaa vazirligida olib borilayotgan islohotlarga, harbiy xizmatchilarga yaratilayotgan imkoniyatlarga ham alohida toʻxtalib oʻtildi.

Keksalarning tajribasi yoshlar uchun hayot maktabi. Ayniqsa, ularning qimmatli pand-nasihatlari, hayot saboqlari yoshlarning shijoati bilan birlashsa, jamiyatni rivojlantiruvchi kuchga aylanadi. Qolaversa, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlarning mazmun-mohiyatini yosh avlodga yetkazishda keksa avlod vakillarining alohida oʻrni bor.

Shuningdek, Kattaqoʻrgʻon garnizonidagi harbiy qismda Narpay tumani hokimligi, tuman mudofaa ishlar boʻlimi, nuroniylar hamda yoshlar bilan birgalikda “Uch avlod uchrashuvi” boʻlib oʻtdi.