Harbiy xizmatchilarning oila aʼzolari bilan ishlash boʻyicha mutaxassislar forumi boʻlib oʻtdi

0
1654

Toshkent harbiy okrugi harbiy qism va muassasalari xotin-qizlar va harbiy xizmatchilar oila aʼzolari bilan ishlash boʻyicha yetakchi mutaxassislarining forumi oʻtkazildi.

Unda oilalarning siyosiy faolligini oshirish, ularni qoʻllab-quvvatlashga doir islohotlarning mazmun-mohiyati va ahamiyatini keng targʻib qilish, oiladagi iqtisodiy holat, bandlik darajasi, farzandlar taʼlim-tarbiyasi, nogironligi boʻlgan oila aʼzolarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash kabi masalalarda olib borilgan ishlar sarhisob qilindi.

Mazkur forumda “Ustoz-shogird” anʼanalarini davom ettirgan holda tajribali ustozlar tomonidan yetakchi mutaxassislarga bir qancha koʻrsatmalar berildi.

Tadbirning ikkinchi yarmi qiziqarli savol-javoblarga boy tarzda oʻtdi. Hayotiy vaziyatlarda uchrab turadigan, tezkorlik bilan vaziyatdan chiqib ketishi kerak boʻlgan masalalar yuzasidan tuzilgan savollar ishtirokchilarga birdek manzur boʻldi. Shuningdek, ularning hisobot maʼruzalari hamda sohani rivojlantirish boʻyicha takliflari ham tinglandi.

Toshkent harbiy okrugi matbuot xizmati