Milliy ramzimiz kuch-qudrat, jasorat va g‘alaba timsolidir

0
778

Joriy yilda O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilinganligining 30 yilligi munosabati bilan joylarda madaniy va ma’rifiy hamda targ‘ibot tadbirlari keng qamrovda olib borildi. Bu kabi tantanalar Mudofaa vazirligi tasarrufidagi harbiy qism va muassasalarda ham yuqori saviyada o‘tkazildi.

Ana shunday tadbirlar davomi Buxoro garnizonida joylashgan harbiy qism harbiy xizmatchilari va o‘quvchi yoshlar ishtirokida kechdi. Tadbir davomida “Zakovat” intellektual o‘yinlari, she’rxonlik kechasi hamda milliy ramzimizni aks ettirishga bag‘ishlangan rassomchilik tanlovlari bo‘lib o‘tdi.

Shuningdek, Mudofaa vazirligi Havo hujumidan mudofaa qo‘shinlari va Harbiy havo kuchlari qo‘mondonligiga qarashli harbiy qismlarning birida harbiy xizmatchilar va askarlar ishtirokida “Davlat ramzlarining fuqarolarda milliy g‘urur, faxr-iftixor tuyg‘ularini yuksaltirishdagi roli” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Unga “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati a’zosi, yuridik fanlar doktori, professor Feruza Muhitdinova taklif qilindi.

Tadbirlarda so‘z olganlar mustaqil davlatimiz bayrog‘i tinch va osoyishta hayotimiz, yorug‘ kelajagimizga bo‘lgan ishonchimiz timsoli ekanligini ta’kidladi.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti